Amerikaning Chikago shtati okeanariumida dunyodagi eng keksa akvarium balig‘i vafot etdi. Bu haqda 7-fevral, seshanba kuni Sky News ma’lum qildi.
Granddad (“Buva”) laqabli ikki xil nafas oluvchining (ham o‘pka orqali, ham oyquloq orqali) yoshi 90 dan oshgan edi.
O‘tgan hafta vazni 11 kilogramm bo‘lgan baliqning ishtahasi yo‘qoldi. Uni ko‘zdan kechirgan mutaxassislar baliqning ichki organlari ishlamayotganligini aniqladi. Muassasa xodimlari “Buva” yuz yoshga yetish arafasida bo‘lganligini ta’kidlashdi.
Baliq mahalliy Shedda akvariumiga 1933-yilda Avstraliyadan keltirilgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida uni 100 milliondan ortiq odam tomosha qilishga ulgurdi.
Ikki xil nafas oluvchilar to‘rt oyoqlilarning eng yaqin qarindoshlari hisoblanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)