Buyuk Britaniya bosh vaziri qarorgohining bosh sichqon tutuvchisi hisoblangan Larri laqabli mushuk AQSh prezidenti Donald Trampning “soxta so‘rovnomalar” haqidagi fikriga munosabat bildirdi.
Avvalroq Donald Tramp natijalari uning ikki haftalik prezidentlik faoliyati aksariyat amerikaliklarga ma’qul emasligi haqida ma’lumot berayotgan ijtimoiy so‘rovlarni “soxta” deb atagan edi.
Larri laqabli mushuk esa Twitter’dagi “o‘z sahifasi”da Trampning bayonotiga shunday munosabat bildirdi: “Kelasi safar u (Tramp) meni soxta mushuk deb e’lon qiladi”.
Mavzuga doir: Foto: Vazirlik mushugi va faxriy qorovul
Izoh (0)