AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, uning xorijiy davlat rahbarlari bilan telefon suhbatlari haqidagi ma’lumotlar sizib chiqib ketganiga sobiq prezident Barak Obamaning odamlari aybdor. Bu haqda prezident Fox News’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Ular ma’lumotlarning sizib chiqishiga imkon bergani sharmandagarchilik, chunki bu mamlakatimiz manfaatlariga zid harakat. Bu bizning mamlakatimiz uchun juda xavfli narsa”, — dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan “Obamaning odamlari” uning Meksika va Avstraliya rahbarlari bilan suhbatlari tafsilotlarini OAVga yetkazgan.
Trampning qayd etishicha, Obama ma’muriyatida ishlagan xodimlari hali ham Oq uy devonida va Milliy xavfsizlik kengashida ish olib bormoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)