Amerikaning Apple korporatsiyasi smartfonlarini yig‘ish iyun oyida Hindistonning Bangalor shahri yaqinidagi obyektda boshlanishi mumkin. Bu haqda Times of India gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Hindiston Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligining ta’kidlashicha, Apple smartfonlarining Hindistonda ishlab chiqarilishi mamlakatga global miqyosda raqobatlasha olish uchun zarur bo‘lgan ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, smartfonlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishining aniq sanasi ma’lum qilinmagan, biroq u iyun oyida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)