Islom, Sofya, Imron, Imona va Farzona 2016-yili O‘zbekiston poytaxtida eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘ldi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Egizaklarga esa an’anaviy Hasan-Husan, Fotima-Zuhra ismlari qo‘yilgan.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili Toshkent shahrida 19 mingga yaqin nikoh qayd qilindi, 49881 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu 2015-yilgiga nisbatan mingtaga ko‘p.
Davlat statistika qo‘mitasi oldinroq mamlakatdagi demografik holat bo‘yicha hisobot e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, 2016-yil boshidan buyon mamlakat aholisi soni 545,8 ming kishiga yoki 1,7 foizga ko‘paydi va 32,121 million kishini tashkil etdi.
O‘tgan yil davomida 726,8 ming bola dunyoga keldi. Toshkent va Navoiy viloyatlarida tug‘ilish koeffitsiyenti sezilarli oshgani qayd etildi.
Mavzuga doir: Rossiyada bolalarga Delfin, Aprel, Oushen kabi “bema’ni ismlar”ni qo‘yishni taqiqlashmoqchi
Izoh (0)