Tailand savdo vaziri o‘rinbosari Sapxat Sakvandikul Yaponiyaning Kioto shahri mehmonxonasida kartinalarni o‘g‘irlayotgani kameralarda qayd etilganidan so‘ng iste’foga chiqdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Qiymati 125 dollar bo‘lgan kartinalar yo‘qolgani haqida mehmonxona xodimlari yanvar oyi o‘rtalarida ma’lum qildi. Politsiya videokuzatish kameralarini tekshirdi va tasvirlarda Yaponiyaga Tailand hukumati topshirig‘i bilan yuborilgan vazir o‘rinbosari aks etganini aniqladi. Mansabdor hibsga olindi va o‘g‘irlikda ayblandi. U aybini tan oldi va mehmonxonaga yetkazilgan zarar uchun tovon to‘ladi.
Yaponiyadagi ishlarimni yakunlagandan so‘ng universitetda birga o‘qigan do‘stlarim bilan uchrashdim. Biz mast edik va men o‘zim bilmagan holda nojo‘ya harakatga qo‘l urdim. Bundan juda afsusdaman.Sud tekshiruvi yakunlangunga qadar 60 yoshli mansabdor vazirlikdagi boshqa lavozimga o‘tkazildi.Sapxat Sakvandikul, Tailand savdo vazirining sobiq o‘rinbosari
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)