1-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyev bahorda Rossiyaga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Putinning matbuot kotibi ma’lum qildi.
2. “Toshkent—Andijon—Toshkent” yo‘nalishida qatnovchi yo‘lovchi va yuk poyezdlarining muntazam qatnovi yana yo‘lga qo‘yildi. Poyezdlar qatnovi 23-yanvar kuni to‘xtab qolgan edi.
3. AQSh elchixonasi: Donald Trampning farmoni o‘zbekistonliklarga tegishli emas. 27-yanvar kuni AQSh prezidenti yetti mamlakat fuqarolarining Amerika Qo‘shma Shtatlariga kirishini vaqtincha to‘xtatuvchi farmonga imzo chekdi.
4. Andijonda Damas’da yo‘lovchi tashish taqiqlangani haqidagi xabarlar rad etildi. “Faqat huquqbuzar haydovchilarga nisbatan odatdagidek qonuniy choralar ko‘rilmoqda, xolos”.
5. “Tachmurod Agamurodovning iste’fosi viloyat hokimining shaxsiy munosabatiga bog‘liq emas”. “Buxoro” rahbariyati klub atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)