Shahzoda Charlz 1-fevral kuni Borhemvud shahridagi yahudiylar maktabiga tashrif buyurdi.
Meduza’ning yozishicha, bu maktab o‘quvchilari havo sharlaridan turli shakllar yasab, so‘ng ularni og‘ir xastalikka chalingan bolalar shifoxonalariga topshiradi.
Charlz o‘quvchilar safiga qo‘shilib, o‘zi uchun havorang toj yasadi. Qayd etish joiz, bunda unga ravvin Avraam Zeydman yordam berdi.
“O‘ylashimcha, shahzodaning urinishi yaxshi chiqdi. Bir necha soatlik amaliyotdan so‘ng u, shubhasiz, havo sharlari qiroliga aylanadi”, — dedi ravvin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)