Reddit foydalanuvchilaridan biri salonida 80 ta lochinni olib ketayotgan samolyot surati bilan bo‘lishdi, deb yozadi TJournal.
“Mening kapitan bo‘lib ishlaydigan do‘stim ushbu fotosuratni yubordi. Saudiya shahzodasi 80 ta lochin uchun chipta sotib oldi”, — deb yozdi u.
Izohlarda foydalanuvchilar buncha ko‘p yirtqich qush qayerga otlangani yuzasidan o‘z taxminlarini bayon qildi. Kimdir shahzoda lochinlarni o‘z xotinlariga bittadan bo‘lib berishini yozgan bo‘lsa, yana kimdir ov vaqtida shahzoda ulardan navbat bilan foydalanishini aytgan.
Fotosuratda qirg‘iylar dasturxon to‘shalgan stollarda o‘tirganini va xavfsizlik kamarlari bilan bog‘lanmaganini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)