Argentina hukumati mamlakat budjeti tanqisligini qisqartirish choralari doirasida aholi uchun elektr energiyasi tariflarini keskin oshirmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Mart oyi oxiriga borib poytaxt Buenos-Ayres va uning atrofidagi shaharlar aholisi uchun elektr energiyasi tariflari 61 dan 148 foizgacha oshiriladi. Mamlakat rasmiylari sanoat korxonalari uchun ham tariflarni ko‘tarishni rejalashtirmoqda.
Argentina energetika vaziri Xuan Xose Aranguren elektr taqsimlovchi kompaniyalar joriy yil noyabr va kelgusi yil fevral oylarida narxlarni yana ko‘tarishi mumkinligini ma’lum qildi. Mansabdor so‘zlariga ko‘ra, tariflar oshirilishi mamlakat hukumatiga budjet tanqisligi ko‘rsatkichini yalpi ichki mahsulotning 4,2 foizi atrofida bo‘lishini ta’minlashga imkon beradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)