AQSh Kongressiga mamlakat prezidentiga, yadro qurolini qo‘lga kiritishga harakat qilgudek bo‘lsa, Eronga qarshi harbiy kuch ishlatishga ruxsat berish haqidagi rezolyutsiya kiritildi.
“Qo‘shma Shtatlar Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligini kafolatlash uchun barcha imkoniyatni ishga solishi lozim. Tehronning bunday intilishlari mintaqada beqarorlikni keltirib chiqarib, nafaqat AQSh, balki uning ittifoqdoshlari uchun ham xavf tug‘diradi. Shu bois AQSh prezidentiga Eron yadro qurolini qo‘lga kiritishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, zarur deb topgan taqdirda, qurolli kuchlardan foydalanish huquqi beriladi”, — deyiladi hujjatda.
Rezolyutsiya Eron bilan yadro kelishuvining ashaddiy dushmani bo‘lgan demokrat Elsi Xastings tomonidan taqdim etildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)