• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud sanasi munosabati bilan mamlakat bo‘ylab turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

    O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud sanasi munosabati bilan mamlakat bo‘ylab turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.

    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda universitet rektori A.Marahimov, akademik M.Salohiddinov, adabiyotshunos Sh.Rizayev va boshqalar xalqning tinch va farovon hayoti, mamlakatning barqaror iqtisodiy ravnaqi uchun borlig‘ini, umrini bag‘ishlagan, jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor qozongan buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning beqiyos xizmatlarini yoshlar ongu qalbiga singdirish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida tashkil etilgan tadbirda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Karimov, universitet rektori F.Rizayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov, Olmazor tumani hokimi B.G‘oyibnazarov va boshqalar Islom Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixida yorqin iz qoldirganini ta’kidladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyida “Islom Karimov – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining asoschisi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Islom Karimovning davlat va siyosat arbobi sifatidagi keng qamrovli faoliyati yana bir bor e’tirof etildi.

    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari S.Sayyid, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Q.Karimbekov va boshqalar Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Islom Karimov xotirasining abadiylashtirilayotgani butun O‘zbekiston xalqining dilidagi ezgu istak ekanini ta’kidladi.

    Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Mustaqilligimiz fidoyisi” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda istiqlol yillarida O‘zbekistondagi tinchlik va barqarorlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikni asrab-avaylash, mustaqillikni mustahkamlashdek buyuk ishlar Islom Karimov nomi bilan chambarchas bog‘liq ekani ta’kidlandi.

    Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Birinchi Prezident tashabbusi bilan yoshlar huquq va manfaatlarini ta’minlashning huquqiy, tashkiliy asoslari yaratilgani, ularning iste’dodini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashning mustahkam mexanizmi shakllantirilgani haqida yoshlarga so‘zlab berildi.

    Toshkent kimyo-texnologiya institutida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbir “Kelajagi buyuk yurtning Birinchi Prezidenti – Siz doimo qalbimizdasiz!” deb nomlandi.

    Institut rektori S.Turobjonov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi o‘rinbosari N.Yo‘ldosheva va boshqalar O‘zbekiston Birinchi Prezidenti yosh avlodga muntazam g‘amxo‘rlik ko‘rsatganini ta’kidladi.

    Qibray tumanidagi “Do‘rmon” madaniyat saroyida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda yoshlarga O‘zbekiston Birinchi Prezidenti rahnamoligida shaharu qishloqlarda ro‘y bergan olamshumul o‘zgarishlar, fuqarolar kayfiyati, bugungi hayotdan mamnunligi hamda mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagi og‘ir kunlar haqida so‘zlab berildi.

    Farg‘ona davlat universitetida Islom Karimovning hayoti va faoliyati, boy ma’naviy merosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ilmiy anjumanda Birinchi Prezident bilan bog‘liq O‘zbekistonning istiqlol yillarida erishgan ulkan yutuq va natijalari, barcha sohalarda olib borilgan islohotlar samaralari haqida so‘z bordi. U kishining fidoyilik, vatanparvarlik, adolatparvarlik, samimiylik, mehribonlik kabi olijanob fazilatlari barcha uchun yorqin ibrat namunasi ekani ta’kidlandi.

    Andijon bank kollejida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi hamda viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbir “Buyuk Yo‘lboshchiga hamisha ta’zimdamiz” deb nomlandi.

    O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludi sanasi – 30-yanvar kuni munosabati bilan butun mamlakat bo‘ylab turli tadbirlar davom etmoqda.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    30.01.2017, 21:47   Izoh (0)   22406
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda limon va yong‘oq plantatsiyalari barpo etiladi

    30.01.2017, 21:13

    Islom Karimovning tavallud kuni, Kvebek masjididagi otishma, muhojirlarga qarshi Donald Tramp va kunning boshqa muhim xabarlari

    30.01.2017, 19:09

    Abdulaziz Komilov Germaniyaning yangi tayinlangan tashqi ishlar vazirini tabrikladi

    30.01.2017, 18:29

    Islom Karimovning hayoti va faoliyati — suratlarda

    30.01.2017, 18:14

    Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Xvan Gyo An o‘zaro tabrik maktublari almashdi

    30.01.2017, 18:01

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

    30.01.2017, 16:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    O‘zbekiston | 21 iyul, 14:05

    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

    Reklama | 21 iyul, 13:39

    Abbosbek Fayzullayev — “Bashakshehir” futbolchisi — manba

    Sport | 21 iyul, 14:02

    Ilhom Aliyev: “Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan”

    O‘zbekiston | 21 iyul, 13:58

    “Superbakteriyalar millionlab odamlar o‘limiga sabab bo‘ladi” — ekspertlar

    Dunyo | 21 iyul, 13:50

    “Daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat” — Milliy tiklanish partiyasi raisi o‘rinbosari pivo festivaliga keskin munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 13:39

    Instagram: Turmushga chiqayotgan Maryam Tillayeva, nabirali bo‘lgan Ra’no Zokirova, Yulduz Turdiyeva oilasida judolik

    Madaniyat | 21 iyul, 13:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.