O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya federal tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan Zigmar Gabrielni tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tabrik maktubida an’anaviy do‘stona, serqirra va o‘zaro manfaatli O‘zbekiston—Germaniya munosabatlarini yanada mustahkamlashishi va rivojlanishiga ishonch bildirildi.
“Sizning federal iqtisodiyot va energetika vaziri sifatida ulkan ish tajribasiga egaligingizni inobatga olgan holda, biz mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion-texnologik va moliyaviy-texnik hamkorlikni sifat jihatdan kengaytirish va oshirishga umid qilamiz”, — deya ta’kidlanadi maktubda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)