“Motor” nashri yo‘l-transport hodisasi sababli uvol bo‘lgan takrorlanmas superkarlar haqida ma’lumot berib, ularning ayanchli suratlarini taqdim qildi.
Pagani Zonda ZoZo
Narxi: 1 million yevrodan ortiq
Zozotown brendi asoschisi yaponiyalik Yusaku Maezava buyurtmasiga asosan ishlab chiqarilgan mazkur mashina 2015-yili ishlab chiqarilgan.
Ammo 2016-yilning dekabr oyida antiqa avtomobil Tokioda yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Avariya jiddiy bo‘lmasa ham, mashinaning old qismi yaxshigina shikastlangan. Eng qizig‘i, YTHning ikkinchi ishtirokchisi – qimmatbaho Maybach 62S bo‘lgandi.
Koenigsegg CCX Custom Vision
Narxi: 1,35 million dollar
Shvetsiyada ishlab chiqarilgan takrorlanmas giperkar avval Texasda 1,35 million dollarga sotib olingan, keyin esa Meksikaga borib qolgan.
Avtomobil Texasdan olib kelingan kunning ertasi kuni Mexikoda yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Yo‘lni ajratib turuvchi to‘siqqa urilgan mashina bir necha marta ag‘darilib, bo‘laklarga ajralib ketgan. Uning ichida bo‘lgan yo‘lovchilar deyarli jarohat olmagan.
Pagani Huayra Pearl
Narxi: 1,4 million yevro
Yagona nusxada Italiyada ishlab chiqarilgan Pagani Huayra olti silindrli V12 motor bilan jihozlangan. Mashina qariyb 800 ot kuchiga ega. Uning antiqaligi – kuzovning o‘zgacha rangi, Zonda S modeli singari ikkitali spoyler hamda tomdagi havo o‘tkazgich panjara.
2016-yilning yozida ushbu avtomobil haydovchisi Parij ko‘chalaridan birida boshqaruvni yo‘qotib, orqa g‘ildiragi bilan boshqa bir mashinaga urildi. Natijada Pagani Huayra Pearl’ning orqa qismi jiddiy zarar ko‘rdi.
Ferrari FXX
Narxi: 1,5 million yevrodan boshlanadi
Treklar uchun mo‘ljallangan Ferrari FXX – noyob mashinalardan biri. Ushbu model atigi 30 nusxada ishlab chiqarilgan.
Mazkur avtomobillardan biri Italiyaning Monsa trassasidan chiqib ketib, yo‘lni ajratib turuvchi to‘siqqa borib urilgan.
Pagani Huayra La Monza Liza
Narxi: 1,4 million yevro
Mayamilik kolleksioner Kris Sayn buyurtmasiga asosan ishlab chiqarilgan Huayra’ning yana bir maxsus versiyasi.
Mashina Mayamida Hyundai Sonata ishtirokida YTHga uchragan. Bir necha rakursdan avtomobil shikastlanmaganga o‘xshaydi, ammo uning orqa g‘ildiragi uzilib tushgan. Pagani Huayra La Monza Liza’ning qayta tiklanishiga umid bor.
Ferrari LaFerrari
Narxi: 1,3 million yevrodan ortiq
Ferrari tomonidan “Formula-1” asosida ishlab chiqarilgan giperkar – LaFerrari. Mashina 800 ot kuchiga teng 12 silindrli motor bilan jihozlangan. LaFerrari’ning 499 ta nusxasi bor.
2016-yilning yozida LaFerrari restoran oldidan tosh ustiga chiqib ketdi. Bu qanday ro‘y berganini hatto mashina egasi ham bilmadi.
Brabus G63 AMG 6x6
Narxi: 700 ming yevro
Mercedes-Benz Brabus G63 AMG pikapi chegaralangan tirajda ishlab chiqarilgan. Uning dunyo bo‘ylab 100 ta nusxasi bor.
Mana shunday mashinalardan biri Moskva yaqinidagi to‘g‘ri yo‘llardan birida ag‘darilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)