“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi joriy yilda asosiy metro bekatlari yonidagi oxirgi avtobus bekatlarini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbariyati 26-yanvar kuni poytaxt hokimiyatida bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Bunday bekatlar yer usti jamoat transportining shahar va shahar tashqarisidagi yo‘nalishlarini optimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida quriladi va rekonstruksiya qilinadi.
“Toshshahartransxizmat” ma’lumotlariga ko‘ra, bunda gap “Beruniy”, “Olmazor” (sobiq “Sobir Rahimov”), “Do‘stlik” (“Chkalov”) va “Shahriston” (“Habib Abdullayev”) oxirgi metro bekatlari, shuningdek, “Chorsu” va “Paxtakor” haqida bormoqda.
Izoh (0)