AQShning Ogayo shtatida joriy yilning mart oyidan boshlab svetoforning qizil chirog‘i yonib turgan paytda ham harakatlanishga ruxsat beriladi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.
Qizil chiroqda harakatlanib jarimaga tortilmaslik uchun haydovchi to‘xtash chizig‘ida to‘xtab, harakatiga xalaqit berishi yoki yo‘l transport hodisasi keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harakatning boshqa ishtirokchilari yo‘qligiga, shuningdek svetofor noto‘g‘ri ishlayotganiga ishonch hosil qilib, harakatni boshlashi kerak bo‘ladi.
Yo‘l transport hodisasi yuz bergan taqdirda, taqiqlovchi chiroqda o‘tgan haydovchi aybdor hisoblanadi. Rasmiylar bunday cheklov amalga kiritiladigan imkoniyatdan noto‘g‘ri foydalanishning oldini oladi, deb umid qilmoqda.
Hozirgi kunda AQShda svetoforlarni aksariyati yo‘l harakatini va transport oqimini nazorat qiluvchi elektron tizim bilan jihozlangan. Bu tizim tufayli haydovchilar uzoq vaqt svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab qolishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)