2017-yilda Toshkent shahar jamoat transportlari oraliq bekatlariga kamida 100 ta elektron tablo o‘rnatish rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi rasmiy sayti.
“Toshshahartransxizmat” AJ, Grand Technology System” MChJ va “Quva” MChJ bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi bir qancha oraliq bekatlarga avtobuslarning kelish vaqti aks ettirilgan monitorlar o‘rnatilib, sinovdan o‘tkazilmoqda.
Bugungi kunda 20 dan ortiq avtobus oraliq bekatlariga elektron axborot tablolari o‘rnatilgan. Elektron axborot tablosi 24 soat ishlaydi, ammo, avtobuslarning bekatlarga jadval bo‘yicha kelishi haqida soat 6.00 dan 23.00 gacha ma’lumot taqdim etilib turadi.
Elektron axborot tablosida avtobuslarning bekatga necha daqiqada kelishi online rejimida aniq vaqtda ko‘rsatiladi.Shuningdek, tablodan quyidagi ma’lumotlarni olish imkoni bor:• avtobus yo‘nalishi raqami;• bekat nomi;• o‘tayotgan yo‘nalishli avtobuslarning necha daqiqada kelishi;• valyuta kursi;• Toshkent shahridagi ob-havo.
Izoh (0)