Shirinlik ishlab chiqarishda xarajatlarni kamaytirish maqsadida har xil qo‘shimchalar, aromatizatorlar, ta’m va hidni kuchaytiruvchilar, emulgator va konservantlardan foydalaniladi. Zamonaviy desertlar, konfet, shokolad, yogurt va boshqa shirinliklarni iste’mol qilishning asosiy xavfi ham shundadir.
Ba’zida hatto sog‘lom turmush tarziga amal qiluvchilar ham, parhez tutayotganlar ham shirinlik xohlab qolishadi.
Shirinlik yeyishning oqibati hazm qilish organlarining buzilishiga olib kelmasligi uchun qanday shirinliklarni sotib olmaslik kerakligini esingizda tuting.
1. Pala-partish o‘ralgan mahsulot – sifatsizlikni bildiruvchi birinchi belgi hisoblanadi.2. Shirinlik sifatini kafolatlovchi hujjat ko‘rsata olmaydigan, yo‘l bo‘yidagi va to‘xtash joylaridagi do‘konlardan sotib olmang.3. Saqlash muddati va ishlab chiqarilgan vaqtini albatta har doim tekshiring. Qaymoqli va mevali shirinliklar tez buziladi va biologik qurolga aylanadi.
Yaxshisi, qimmat bo‘lsa ham tarkibi tabiiy mahsulotlardan tashkil topgan shirinliklarni tanlaganingiz ma’qul.
Izoh (0)