• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev va Sindzo Abe O‘zbekiston hamda Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan o‘zaro tabrik maktublari almashdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan o‘zaro tabrik maktublari almashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: Trend

    Foto: Trend

    Shavkat Mirziyoyevning tabrigida, jumladan, shunday deyiladi:

    “O‘tgan yillarda mamlakatlarimiz ikki va ko‘p tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda salmoqli yutuqlarga erishganini katta mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman.

    O‘zbekiston Yaponiya bilan samimiy do‘stlik aloqalarini, strategik sheriklik va hamkorlikni yuksak qadrlaydi.

    Sizning 2015-yil oktabr oyida mamlakatimizga rasmiy tashrifingiz O‘zbekiston — Yaponiya munosabatlari tarixida muhim voqea bo‘ldi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, texnologik, ilmiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarimizni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

    25 yillik hamkorligimiz davomida munosabatlarimizning mustahkam huquqiy bazasi yaratildi. Bu borada 2002-yilda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya o‘rtasida do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot muhim o‘rin tutadi. Sizning O‘zbekistonga tashrifingiz davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot o‘zaro munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tardi, mamlakatlarimiz o‘zaro aloqalarni izchil rivojlantirishdan manfaatdor ekanini namoyon etdi.

    Tomonlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ko‘plab dolzarb muammolarga nisbatan o‘xshash qarashlar va yondashuvlarga ega.

    O‘zbekiston o‘tgan yillarda hamkorlikning samarali mexanizmlari yaratilganidan mamnun.

    Parlamentlararo forum, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston — Yaponiya va Yaponiya — O‘zbekiston qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishlari, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti, Akademik forum va boshqa ko‘plab hamkorlik institutlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning izchil va bosqichma-bosqich rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

    Bugun O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida Yaponiya bizning eng muhim va ustuvor sheriklarimizdan biridir.

    Yaponiyalik hamkorlarimizdan ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdormiz, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar va samarali hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdormiz.

    Madaniyat va ilm-fan sohalaridagi aloqalar biz uchun alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, 2016-yil avgust oyida rafiqangiz Akie Abe xonim boshchiligida Yaponiya ijtimoiy-siyosiy va madaniyat namoyandalaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi bu boradagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

    Ta’lim sohasida hamkorligimiz yuksak darajaga ko‘tarilganini alohida qayd etishni istardim. Yaponiya tomonidan bu borada ko‘rsatilayotgan ko‘makni yuksak qadrlaymiz hamda O‘zbekiston — Yaponiya yoshlar innovatsiya markazining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida birgalikdagi harakatlarimizga qo‘shimcha sur’at baxsh etishiga umid bog‘laymiz.

    Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Yaponiya bilan hamkorlikni izchil rivojlantirish va kengaytirishning tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqlamoqchiman. Biz strategik sheriklik munosabatlarimizni sifat jihatdan mustahkamlash va yangi amaliy mazmun bilan boyitishga intilamiz”.

    O‘z navbatida, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik maktubi yo‘lladi.

    “Sizga Yaponiya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarimni izhor etishga ruxsat bergaysiz.

    O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan e’tiboran mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda.

    2015-yil oktabr oyida, Yaponiya bosh vaziri mamlakatingizga oxirgi tashrifidan 9 yil o‘tib, men bosh vazir sifatida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edim. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan muzokaralarimiz g‘oyat samarali bo‘lgan, biz turli sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi haqida yakdil fikrga kelgan edik.

    Mamlakatingizga tashrifim davomida Bosh vazir sifatida menga doimo hamrohlik qilganingiz va yuksak darajadagi mehmonnavozlik uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Shuni mamnuniyat bilan qayd etmoqchimanki, ushbu tashrif O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarga yanada jadal sur’at bag‘ishladi, erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng miqyosli hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilmoqda.

    Men nafaqat siyosat va iqtisodiyot borasidagi munosabatlarimizni rivojlantirish, balki turli sohalarda, shu jumladan, madaniyat va ilm-fan sohalarida ham O‘zbekiston bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlash uchun bundan buyon ham butun imkoniyatlarimni ishga solishga tayyorman.

    Diplomatik munosabatlarimiz o‘rnatilganiga 25-yil to‘lgani munosabati bilan O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi yanada rivojlanishiga, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari bundanda kengayishiga ishonch bildiraman”.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    27.01.2017, 11:21   Izoh (0)   8726
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda o‘z uyida propiskasiz yashayotgan 237 nafar ayolning muammolari hal etildi

    27.01.2017, 11:12

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” yangi yo‘nalishlarni ochadi

    27.01.2017, 09:50

    Media-haftalik: ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi

    27.01.2017, 08:02

    “Mikrokreditbank”ning sobiq raisi Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

    26.01.2017, 23:15

    Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

    26.01.2017, 22:51

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazdi

    26.01.2017, 21:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH davlat kotibi Isroil–HAMAS muzokaralari izdan chiqishida Makronni aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 13:20

    Oylik 2,2 ming yevrogacha: o‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif etilmoqda

    O‘zbekiston | 10 avgust, 12:45

    “Xoh Rossiya bilan, xoh Rossiyasiz” Eron AQSH qo‘llovidagi Zangizor koridoriga qarshi chiqishini ma’lum qildi

    Dunyo | 10 avgust, 12:15

    O‘zbekistonda hafta boshida harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Manchester Siti” “Palermo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Husanov bir taym o‘ynadi (video)

    Sport | 10 avgust, 11:44

    O‘zbekistonda umraga yuboruvchilar bo‘yicha “Sirli mijoz” yashirin nazorat tadbirlari o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:20

    Muhammad Saloh “falastinlik Pele” o‘limi tafsilotlarini aytmagani uchun UEFAni tanqid qildi

    Dunyo | 10 avgust, 10:44

    Bolgariyada cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 09:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.