O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidenti Serjo Mattarellaga Italiyaning markaziy qismida qutqaruv xizmati vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida insonlar halok bo‘lishi munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi”, — deyiladi TIV axborotida.
24-yanvar kuni Italiyaning markaziy qismida qutqaruv xizmati vertolyoti qulagani, hodisa oqibatida uning bortida bo‘lgan barcha halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)