Tadbirkorlik hamjamiyati istaklaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Markaziy banki Korporativ kartalar to‘g‘risidagi yangi Nizomni qabul qildi va uni Adliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yubordi, deb yozadi “Nuz.uz” Markaziy bank pul muomalasi departamenti xodimi Faxriddin Boboyevga tayanib. Yangi nizom barcha cheklovlarni bekor qiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, korporativ kartalar barcha tashkilotlar va muassasalar tomonidan hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinadigan bo‘ladi. Ammo faqat bitta cheklov kuchda qoladi, ya’ni korporativ kartani bankomatlarda naqdlashtirib olish mumkin bo‘lmaydi.
Yangi Nizom Adliya vazirligida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgach, qonuniy kuchga kiradi.
Nashr ta’kidlashicha, yuridik shaxslarga tegishli korporativ plastik kartalardan foydalanish borasida, amaldagi Nizom bo‘yicha ba’zi cheklovlar mavjud, ya’ni yakka tadbirkorlar korporativ kartalar orqali uy-joy va kommunal xo‘jaliklar va davlat muassasalarining ba’zilariga to‘lovlarni amalga oshira olmaydi.
Izoh (0)