Frank-Valter Shtaynmayer Germaniya tashqi ishlar vaziri lavozimidan ketadi. Bu haqda u Chexiya tashqi ishlar vaziri Lyubomir Zaoralek bilan birgalikdagi matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
“Haqiqatan ham, bu mening tashqi ishlar vaziri lavozimidagi so‘nggi tashrifim”, — dedi Shtaynmayer.
Avvalroq uning nomzodi Germaniya prezidentligi uchun ilgari surilgani ma’lum bo‘lgan edi.
Taxminlarga ko‘ra, Germaniya tashqi ishlar vaziri lavozimini hozirda vitse-kansler sifatida ishlayotgan Zigmar Gabriel egallaydi. Bu voqea juma kuni amalga oshishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)