Turkiya parlamentida konstitutsiyaviy islohotlar muhokamasi ayol deputatlar o‘rtasidagi mushtlashuvga sabab bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi tomonidan taklif etilgan tuzatishlarga norozilik sifatida mustaqil deputat Aylin Nozlioqa o‘zini parlament minbariga kishanladi. U hamkasblarini konstitutsiyaviy islohot loyihasini rad etishga chaqirdi, biroq siyosiy muxoliflari Aylinni kuch bilan chiqarib yuborishga harakat qildi.
Deputat ayollar o‘rtasida mushtlashuv boshlandi. Ulardan 3 nafariga olishuv yakunlanganidan so‘ng shifokorlar yordami talab etilgan.
Eslatib o‘tamiz, oxir-oqibat Turkiya parlamenti mamlakatda boshqaruvning prezidentlik shaklini joriy etishni ko‘zda tutuvchi tuzatishlarni ma’qulladi. Tuzatishlarni 448 deputatdan 339 nafari qo‘llab-quvvatladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)