Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Turkiya parlamenti mamlakatda boshqaruvning prezidentlik shaklini joriy etishni ko‘zda tutuvchi Konstitutsiyaga yakuniy tuzatishlarni ma’qulladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: AFP

Foto: AFP

Anadolu agentligiga ko‘ra, ko‘rib chiqilgan yakuniy moddalar yillik budjet, vazirlar kengashining “chetlatilishi”, prezidentlik va parlamentlik saylovlari haqidagi, shuningdek, prezidentga siyosiy partiyalar bilan aloqalarini saqlab qolishga oid qoidalardan iborat bo‘lgan.

Tuzatishlarni 448 deputatdan 339 nafari qo‘llab-quvvatladi. Uning natijalarini hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi vakillari tik turib olqishladi. Tuzatishlar aynan ular tomonidan tayyorlangan va parlamentga kiritilgandi.

Endi 18 moddadan iborat hujjat prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tomonidan imzolanganidan so‘ng referendumga qo‘yiladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi