Xitoyda mehmonxonani ko‘chki bosishi tufayli 2 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Tog‘ moddalarining ko‘chishi 20-yanvar, juma kuni kechki payt Xubey provinsiyasida ro‘y berdi. Mehmonxonaga 3 ming kub metrdan oshiq bo‘laklar quladi. Buning oqibatida 3 qavatli bino qulab, birinchi qavat restoranidagi mijozlar qamalda qoldi.
Qutqaruvchilar vayronalar ostidan 5 kishini chiqarib oldi. Ulardan ikki nafari kasalxonada vafot etdi.
Mavzuga doir: Italiyadagi qor ko‘chkisi yuz bergan joyda vayronalar ostidan to‘qqiz kishi qutqarib olindi
Izoh (0)