Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida “Tolibon” jangarilarining hujumi oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mahalliy politsiya vakili Ziyo Duroniyga ko‘ra, toliblar Mayvand tumanidagi politsiya bo‘limiga hujum uyushtirdi. Jangarilar to‘rt tomondan bostirib kelgan, lekin ularning hujumini yetib kelgan qo‘shimcha kuchlar yordamida qaytarishga muvaffaq bo‘lingan.
To‘qnashuvlar tufayli 43 kishi halok bo‘ldi, ulardan 16 nafari politsiyachilardir.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)