AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimida turli muassasa va xizmatlarning 28 mingga yaqin xodimi xavfsizlikni ta’minlashda ishtirok etadi. Bu haqda AQSh milliy xavfsizlik vaziri Jey Jonson ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Xavfsizlik choralari juda keng ko‘lamda bo‘ladi. Gap vazirlik, Maxfiy xizmat, transportda xavfsizlik boshqarmasi, qirg‘oq himoyasi va boshqa tizimlarning taxminan 10 ming nafar xodimi haqida ketmoqda. Operatsiyada yana 12 ming kishi, jumladan, Milliy gvardiyaning 7,8 ming jangchisi, FQB, turli politsiya boshqarmalari, xususan, parklar va Kapitoliy politsiyasi xodimlari ishtirok etadi. Inauguratsiyada xavfsizlikni bevosita yoki bilvosita taxminan 28 ming kishi ta’minlaydi.Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Vashington markazida 900 minggacha kishi to‘planishi kutilmoqda. Undan tashqari, 100 dan ortiq turli tashkilotlar AQSh poytaxtida yaqin kunlarda aksiyalar o‘tkazish rejasini bildirgan. Ular orasida Tramp tarafdorlari va unga qarshi chiqayotganlar bor.Jey Jonson, AQSh milliy xavfsizlik vaziri
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)