CNN telekanali AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiya chog‘ida o‘ldirilishi oqibatlarini modellashtirdi va uni o‘z reportajida ko‘rsatdi.
Muxbir Brayan Todd Tramp, vitse-prezident va Kongressning oliy mansabdorlariga nisbatan suiqasd ssenariysi asosini ishlab chiqdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat rahbari va vitse-prezident o‘ldirilsa yoki qandaydir sababga ko‘ra o‘z majburiyatlarini bajara olmasa, ularning o‘rnini vakillar palatasi spikeri egallaydi. Agar suiqasd chog‘ida u ham jabrlansa, unda lavozim Senatning vaqtinchalik prezidentiga, so‘ngra davlat kotibidan boshlab, vazirlarga qoladi.
Todd, shuningdek, Trampning inauguratsiyasi chog‘ida amaldagi prezident Barak Obamaning vazirlari, shu jumladan, davlat kotibi Jon Kerri o‘z vakolatlarini tugatishini ta’kidladi. Ammo uning ehtimoliy davomchisi Reks Tillerson hozircha senat tomonidan o‘z lavozimiga tasdiqlangani yo‘q, shu sababli uning majburiyatlarini vaqtinchalik davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tom Shennon bajaradi.
Jurnalist eslatishicha, AQShda kutilmagan vaziyatlar yuz bergan taqdirda, vazirlardan biri “navbatchi voris” sifatida saylanadi, u inauguratsiyada qatnashmaydi va uzoq joyda soqchilar nazorati ostida bo‘ladi.
Izoh (0)