Uch erkak, jumladan, 77 yoshli pensioner Niderlandiyaning Xazeldonk shahrida 4 tonna kokain bilan qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Niderlandiya bojxonasi Belgiya politsiyasi tomonidan yetkazilgan ma’lumot asosida banan solingan qutilar orasiga yashirilgan 4 tonna kokainni topdi. Bu Shimoliy Brabant provinsiyasida musodara etilgan kokainning eng yirik turkumi ekanligi bildirildi.
Uch erkak ham qo‘lga olindi. Ulardan biri pensioner, yana biri uning nabirasi ekanligi aytilmoqda. Uchinchi jinoyatchi haqida hech narsa ma’lum qilinmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)