Glitserinning ajoyib xususiyatlaridan biri – tabiiy namlikni ushlab turish. Shuning uchun bugungi kunda glitserin kundalik va bo‘yanishda ishlatiladigan kosmetik vositalariga kiradi.
Sochlar uchun glitserinli niqoblar
Glitserinli yelimshak (jelatin)
1 osh qoshiq yelimshak suv bug‘ida eritiladi va biroz suv qo‘shib 2 osh qoshiq glitserin bilan aralashtiriladi. Sevimli niqobga aralashma va bir oz chakamug‘ (repeynik) yog‘i qo‘shiladi. Yaxshilab aralashtiriladi va yuvilgan, toza sochlarga suriladi, 30 daqiqa davomida sochiq bilan o‘rab qo‘yiladi.
Glitserin va vitaminli niqob
2 osh qoshiq glitseringa xuddi shunday miqdorda A va E vitaminlar qo‘shib aralashtiriladi. Yuvilgan, biroz nam sochlarga suriladi va 20 daqiqa ushlab turiladi.
Glitserin va sirkali niqob
Ko‘pirtirilgan 1 dona tuxumga 10 ml glitserin va 30 ml kanakunjut moyi, yarim choy qoshiq olma sirkasi qo‘shib aralashtiriladi. Yuvilgan nam sochlarga suriladi va 30 daqiqa ushlab turiladi.
Izoh (0)