Keraksiz xaridlarga bo‘lgan maylni yengishga yordam beruvchi bir necha maslahatlar bermoqchimiz.
Havasni keltiradigan, sotib olishga istak tug‘diruvchi narsalardan o‘zingizni chetga oling. Dugonalaringiz bilan savdo markazida emas, balki biror-bir istirohat bog‘ida uchrashing.
Kiyimlaringizga mos tushmaydigan, ularni takrorlovchi buyumlarni va uyingizdagi texnikaga mos kelmaydigan yangi texnika sotib olmang.
Yangi buyum sotib olsangiz, eskisini albatta birovga bering. Eski narsalarning yig‘ilib qolishiga yo‘l qo‘ymang.
Hech bo‘lmasa bir oy davomida hech narsa sotib olmang. Xaridlaringizni kamaytirishni oldingizga maqsad qilib qo‘ying.
Izoh (0)