Yuzimiz yoki oyoqlarimizdagi shishlarga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
1. Uyqu oldidan choy ichish va ovqatlanish.2. To‘yib uxlamaslik.3. Sho‘r va achchiq yeguliklarni ko‘p iste’mol qilish.
Shishlarni uy sharoitida davolashning bir nechta usullari bor.
Kartoshkali kompress
Kartoshkani tozalab qirg‘ichda maydalaymiz va 30 daqiqa davomida yuzimizga surib qo‘yamiz.
Petrushka ko‘kati
Petrushka ko‘kati ham xuddi kartoshka kabi maydalanadi va suriladi.
O‘tli qaynatma
Har xil o‘tlar to‘plamidan tayyorlangan qaynatma organizmda to‘planib qolgan ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuborishga yordam beradi.
Izoh (0)