• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirligi faoliyatini tanqid ostiga oldi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida ma’ruza bilan chiqish qildi. Ma’ruza matnini O‘zA e’lon qildi.

    Foto: UzReport

    Foto: UzReport

    O‘z ma’ruzasida Prezident Moliya vazirligini tanqid ostiga oldi. Xususan, Moliya vazirligining nizomi 1992-yilda tasdiqlangan bo‘lsa-da, 25 yildan buyon asosiy vazifa va funksiyalari tubdan qayta ko‘rib chiqilmagani, vazirlik o‘ziga yuklatilgan eng muhim vazifalarni samarali bajarishni, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashni ta’minlamayotganiga e’tibor qaratdi.

    “Axir, vazirlik tarkibida 16 mingdan ortiq xodim ishlaydi, haddan tashqari kengayib ketgan markaziy apparat, hududiy organlar, G‘aznachilik, Nazorat-taftish boshqarmasi, Pensiya jamg‘armasi va yana 4 ta maxsus jamg‘arma mavjud. Ularni saqlash uchun byudjetdan har yili 350 milliard so‘m xarajat qilinadi. Eng muhim dasturlar, loyiha va vazifalar bo‘yicha qabul qilingan ayrim qarorlar yoki umuman real moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanmagan, yoki qoldiq prinsipi bo‘yicha moliyalashtiriladi. Nima sababdan to‘lov intizomi oqsayapti? Jami 18 trillion so‘mlik debitor qarzdorlikdan 11 trillion so‘mi yoki 60 foizi oxirgi 3-yil mobaynida cho‘zilib kelyapti”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Davlat rahbari “Nima uchun ushbu muammo bilan Muddati o‘tgan qarzdorlikni qisqartirish komissiyasiga boshchilik qiladigan moliya vaziri va Markaziy bank raisi jiddiy shug‘ullanmayapti?” — degan savolni ko‘tardi.

    “Nima sababdan plastik kartochkalarni muomalaga kiritishdan ilgari barcha mexanizmlar puxta ishlab chiqilmagan? Nima uchun ko‘plab tashkilotlar, eng avvalo, byudjet tashkilotlari xodimlari – o‘qituvchilar, vrachlar, xizmatchilar va hatto pensionerlar, ayrim amaldorlarning qo‘shtirnoq ichidagi «yangilik»laridan qiynalishi kerak?

    Albatta, Davlat byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo‘lmaydigan haqiqat.

    Shunday ekan, nima uchun G‘aznachilik va Nazorat-taftish boshqarmasining apparatlari haddan tashqari kengayib ketgan? Ularda jami 4 ming nafar xodim ishlaydi va ularning xarajatiga yiliga 90 milliard so‘m davlat mablag‘i sarflanadi. Ana shu tuzilmalar rahbar va xodimlari shunday tasavvur bilan yashamoqdaki, ularning vazifasi go‘yo faqatgina nazorat qilish va boshqalarni jazolashdir.

    Lekin faqat qamchi va qilich bilan ijobiy natijalarga erishib bo‘ladimi? Bu – nafaqat xato fikr, balki chuqur yanglishish, deb hisoblayman. Bu borada profilaktika ishlarini kim samarali olib boradi?” — dedi davlat rahbari.

    Prezident so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘zida 22 mingta tashkilotda jami 200 milliard so‘mlik o‘zlashtirish va mablag‘larni boshqa maqsadlar uchun sarflash holatlari aniqlangan. Ularning asosiy qismi ijtimoiy soha tashkilotlariga to‘g‘ri keladi. “Ana shu kamchiliklarni bartaraf etish tegishli vazirliklar rahbarlari bilan birga moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan J.Qo‘chqorovning faol ish yo‘nalishi bo‘lib qolishi kerak”, — dedi u.

    Mirziyoyev Moliya vazirligi, uning tarkibiy tuzilmalari va apparatining ish yuritish shakli va usullariga alohida e’tibor qaratish zarurligini qayd etdi.

    “Hukumatning aksariyat topshiriqlari belgilangan muddatlarni qo‘pol ravishda buzgan holda bajarilmoqda, ish sifati ham aksariyat holatlarda oqsamoqda. Shunga qaramasdan, bu tuzilmalar rahbarlarining o‘ziga bo‘lgan ishonchi osmon qadar baland.

    Nima uchun boshqa idoralar rahbarlari davlatning aniq muammolarini hal etish bo‘yicha malakali tavsiya olish o‘rniga, doimo qog‘ozbozlik va sansalorlik holatlari, shuningdek, ayrim vazir o‘rinbosarlarining baland dimog‘ligi va qaysarligi bilan to‘qnashishi kerak?

    Nihoyat, nima sababdan ba’zan inson qadr-qimmati yerga uriladi, bunga kim huquq bergan?! Nima uchun Bosh vazir o‘rinbosari yoki hukumat a’zosi qabulxonada soatlab kutib o‘tirishi kerak? Nima uchun Vazirlar Mahkamasining tarmoq departamenti mudiri jiddiy masalalar bo‘yicha yuzaki prezentatsiya o‘tkazilishini kunlab va haftalab kutadi, keyin esa hujjat qayta ishlashga qaytariladi? Va nima sababdan bu jarayonlarning barchasini shtatdagi yordamchi emas, balki chalasavod va beandisha qabulxona inspektori belgilaydi?” — dedi davlat rahbari.

    “Haqiqiy fakt shundan iboratki, agar R.Azimovda ana shu jiddiy kamchilik va muammolarni ko‘rish xohishi bo‘lganida, ularni keskin bartaraf etish bo‘yicha u zarur tashabbus ko‘rsatganida, biz bugun iqtisodiy va moliyaviy sohalarda bundan ham yuqoriroq natijalarga erishgan bo‘lar edik”, — deya qayd etdi Prezident.

    Mirziyoyev Bosh vazir A.Aripovga va yangi vazir B.Xo‘jayevga bir oy muddatda Moliya vazirligining tashkiliy tuzilmasi, uning vazifa va funksiyalarini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq takliflar kiritishni topshirdi.

    16.01.2017, 20:11   Izoh (0)   46944
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistonda qulagan “Boing”, rahbarlarni keskin tanqid qilgan Shavkat Mirziyoyev, konserti kunlarini Yulduz Usmonovaga taklif qilgan Ozodbek Nazarbekov va kunni...

    16.01.2017, 19:57

    Shavkat Mirziyoyev: Eng jiddiy kamchiliklarimizdan biri – zamonaviy talablarga javob beradigan loyiha institutlarining yo‘qligi

    16.01.2017, 18:27

    Shavkat Mirziyoyev: Har bir xonadonning tadbirkorlik borasidagi imkoniyatini o‘rganish kerak

    16.01.2017, 18:07

    Shavkat Mirziyoyev Bishkek ostonasidagi aviahalokat munosabati bilan Qirg‘iziston prezidentiga hamdardlik bildirdi

    16.01.2017, 17:38

    FVV: Saratovdagi YTHda halok bo‘lganlar orasida ikki o‘zbekistonlik ham bor

    16.01.2017, 17:02

    Shavkat Mirziyoyev: Deputatlar aholining eng muhim ehtiyojlarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatadi

    16.01.2017, 15:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.