Rossiyadagi “Nijniy Novgorod—Saratov” avtomobil yo‘lining Saratov viloyati hududidan o‘tuvchi 547-kilometrida 15-yanvar, yakshanba kuni Moskva vaqti bilan 01:32 da Volvo rusumli yuk avtomobili hamda Toyota Verso yengil avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
YTH natijasida 7 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida 2 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi — 1975-yilda tug‘ilgan Lyudmila Bozorova va 1992-yilda tug‘ilgan Zaynutdin Abdusalanov ham borligi aniqlandi.
Avval halok bo‘lganlarning barchasi qirg‘izistonlik ekanligi bildirilgandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda halok bo‘lganlarning yaqinlariga zarur yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)