16-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyev Bishkek ostonasidagi aviahalokat munosabati bilan Qirg‘iziston prezidentiga hamdardlik bildirdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘lgan.
2. Shavkat Mirziyoyev bosh vazirning ikki o‘rinbosariga hayfsan e’lon qildi. “O‘zneftmahsulot” va “O‘zeltexsanoat”ning rahbarlari esa ishdan olindi.
3. Jizzaxda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan 3 kishiga pasport topshirildi. “Jizzax viloyatidan Yuriy Ten, Anvarboy Ikromov, Muhabbat Qo‘shoqovalar bugundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir”.
4. Ozodbek Nazarbekov: Konsertim uchun belgilangan kunlarni Yulduz Usmonovaga o‘zim taklif qildim. Turli mish-mishlarning oldi olindi.
5. Rasman: Xitoy legionerlar soniga cheklovni oshirdi. O‘zbekiston milliy termasi futbolchilari zaxirada qolishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)