Rossiyaning Suriyadagi guruhi qisqartirilishiga qaramay, S-300 zenit-raketa tizimlari va “Bastion” qirg‘oq komplekslari mamlakatda qoldiriladi. Bu haqda “Interfaks” agentligi manbasi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Rossiya harbiy-dengiz flotining Tartusdagi moddiy-texnik ta’minot punktini havo va dengizdan himoyalash davom ettiriladi. Buni S-300 zenit-raketa tizimlari va qanotli raketalarga ega ‘Bastion’ qirg‘oq komplekslari amalga oshiradi”, — dedi manba.
Izoh (0)