Google Kuba bilan hamkorlikdagi ilk mahsulot — mamlakatni Ispaniyadan qaramlikdan ozod qilish uchun kurashgan milliy qahramon Xose Marti haqidagi hujjatli filmni namoyish etdi, deb xabar beradi “TASS”.
15 daqiqalik rolik taqdimoti Gavanadagi avliyo Fransisk ibodatxonasida bo‘lib o‘tdi. 3D-texnologiyalari yordamida yaratilgan filmda Kuba ozodlik kurashi rahbarlaridan biri turli vaqtlarda yashagan Gavana, Nyu-York va Tampa shaharlari ko‘rinishlariga keng o‘rin berilgan.
Mazkur hodisa Google va Kuba mahalliy foydalanuvchilar Gmail elektron pochtasi, YouTube videoxostingi hamda kompaniyaning boshqa saytlari serverlariga yuqori tezlikdagi internet orqali ulanishiga imkoniyat beruvchi shartnomani imzolaganidan bir oy o‘tib sodir bo‘ldi.
Marti haqidagi film 28-yanvar kuni Nyu-Yorkda qahramon tavalludining 146 yilligiga bag‘ishlab namoyish etiladi.
Izoh (0)