Hindistonning Bixar shtatida, Gang daryosida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa 14-yanvar, shanba kuni kechki payt Patna shahri yaqinida ro‘y berdi. 30 kishini sig‘diradigan qayiqda 50 kishi bo‘lgan. Odamlar Makara-sankranti hinduiylik bayrami doirasida bo‘lib o‘tgan varraklar festivalidan qaytayotgandi.
Mamlakat tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish milliy boshqarmasi kotibi Anirudx Kumarga ko‘ra, qutqaruvchilar voqea kuni kechki payt 22, ertasiga ertalab esa to‘rt jasadni chiqarib oldi. Sakkiz kishi kasalxonga yetkazildi.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Izoh (0)