Iroqning Diyala provinsiyasidagi Bag‘dod—Kirkuk trassasida 14-yanvar kuni kechqurun politsiya nazorat-o‘tkazish punktiga xudkush terrorchi hujum qildi, oqibatda uch kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” “As-Sumariya” telekanaliga tayanib.
Provinsiyaning politsiya boshqarmasi vakili ma’lumotlariga ko‘ra, xudkush boshqargan minalangan mashina Al-Xolis aholi punktidan shimolroqda joylashgan nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida portlatilgan. Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlar orasida ikki nafar iroqlik politsiyachi bor. Shuningdek, portlash natijasida olti kishi jarohatlandi, ulardan to‘rt nafari fuqaro shaxslar.
Hodisadan so‘ng xavfsizlik kuchlari Bag‘dod—Kirkuk avtotrassasidagi harakatni har ikkala yo‘nalishda ham to‘xtatib qo‘ydi.
Izoh (0)