Moskvaning “Moskva-Siti” ishbilarmonlik markazidagi “Oko” osmono‘par binosining 83 yoki 86-qavatidan 18 yoshli yigit qulab tushdi. Bu haqda Tergov qo‘mitasi saytida aytiladi.
14-yanvar kuni kechqurun ishbilarmonlik markazining avtomobillar turargohida tanasida yuqori balandlikdan qulaganda yetadigan shikastlanishlar bo‘lgan erkak topildi. Olgan jarohatlari natijasida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Shahar shoshilinch xizmatlaridagi manbasiga tayanib, “Moskva” agentligi ma’lum qilishicha, yigit selfi olmoqchi bo‘lgan vaqtda yiqilib ketgan bo‘lishi mumkin. Bino soqchilari so‘zlariga ko‘ra, yigit otasi bilan birga yaxmalak uchish uchun kelgan.
18 yoshli yigitning o‘limi holati bo‘yicha tergovgacha tekshiruv tashkil qilindi.
Izoh (0)