Iroqning Mosul shahridagi IShID nazorati ostida bo‘lgan hudud bombardimon qilinishi oqibatida 30 ga yaqin tinch aholi vakili qurbon bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy aholiga ko‘ra, 12-avgust, payshanba kuni qiruvchi samolyotlar IShIDning yirik dala qo‘mondonlaridan birining uyiga kamida uch bor raketalardan zarba berdi. Biroq u hujum chog‘i boshqa joyda bo‘lgan. Zarbalar o‘nlab fuqarolar o‘limiga sabab bo‘ldi.
Mazkur hujum ortida xalqaro koalitsiya yoki Iroq harbiy-havo kuchlari turgani hozircha ma’lum emas.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)