Tailandda mamlakat harbiy-havo kuchlarining JAS 39 Gripen qiruvchi samolyoti milliy bayram — Bolalar kuniga bag‘ishlangan aviashouda qulab tushdi. Uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Bangkok Post xabar bermoqda.
Hodisa 14-yanvar, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 09:27 da Songkxla provinsiyasining Xat’yay shahrida sodir bo‘ldi. Qulash chog‘i samolyot portladi va to‘liq yonib ketdi.
Mahalliy aeroport uchish-qo‘nish maydonini tozalash uchun vaqtincha yopib qo‘yildi, barcha havo kemalari boshqa aeroportga yo‘naltirildi.
HHK qo‘mondonligi favqulodda holatni o‘rganish uchun komissiya tuzdi. Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha halok bo‘lgan uchuvchining oilasiga hamdardlik bildirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)