Xitoyning Yerni masofadan turib zondlaydigan “Gaoszin-1” yuqori ta’sirchan yo‘ldoshlari ilk tasvirlarni uzatdi, deb yozadi “TASS”.
Yo‘ldoshlar 0,5 metr hajmli tasvirlarni uzatgan. “Sinxua” agentligi ta’kidlashicha, “Gaoszin-1” yo‘ldoshlari yaqin orada birinchi marta tijoriy mijozlarga xizmatlar ko‘rsatishni boshlaydi.
Ikkita “Gaoszin-1” sun’iy yo‘ldoshi Xitoyning Shansi provinsiyasidagi Tayyuan kosmodromidan 28-dekabr kuni uchirilgan edi. Sun’iy yo‘ldoshlar Yer yuzasini kuzatish va ilmiy eksperimentlar o‘tkazish uchun qo‘llaniladi. Qurilmalar tijorat asosida ishlatiladi. Sun’iy yo‘ldoshlar “Buyuk safar-2D” (“Chanchjen-2D”) eltuvchi raketasi yordamida uchirildi.
2017-yilda “Gaoszin-1” sun’iy yo‘ldoshlari guruhi yana ikkita qurilmaga ko‘payishi kutilmoqda.
Izoh (0)