Turkiya parlamenti deputatlari mamlakat konstitutsiyasiga kiritilishi taklif etilayotgan o‘zgarishlar muhokamasi chog‘ida mushtlashdi. Bu haqda CNN Turk xabar bermoqda.
Muxolif Xalq respublikachilar partiyasi tribunani to‘sib qo‘yganidan so‘ng bahslar mushtlashuvga o‘tib ketdi. Mushtlashuv chog‘ida hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi yetakchisining o‘rinbosari Fotih Shohimning burni sindi.
Yangi konstitutsiya loyihasi prezident vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutadi. Agarda o‘zgartishlar qabul qilinsa, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on amalda ijro hokimiyatining yagona rahbariga aylanadi.
Izoh (0)