Facebook ijtimoiy tarmog‘i birinchi marta Germaniyada sud oldida javob beradi. Bunga foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoq orqali yolg‘on xabarlar tarqatgani sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Da’voni Vyursburgdagi advokatlik byurosi kiritdi. U 6-fevral kuni okrug sudida ko‘rib chiqiladi.
Ijtimoiy tarmoqda suriyalik Anas Modamani sheriklari bilan birga Berlin metrosida uysiz kishini yoqib yuborgani haqidagi xabarlar tarqatilmoqda. Da’vogar bu xabarlarning tarqatilishini cheklamoqchi.
Facebook vakillari bunday xabarlarni o‘chirib tashlashdan bosh tortgan edi.
Izoh (0)