• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    La Futbol. Grizmann qaytdi, “Real” mag‘lub bo‘lmaslik rekordini o‘rnatdi, “Barselona” hakamlardan norozi, Nasrida esa kuchli xavotir

    Ta’tildan qaytib kelgan La liga klublari 2017-yilgi mavsumni boshlab yubordi. Avvaliga Ispaniya kubogi, ketidan esa chempionatning 17-turi.

    “Real Madrid”

    Zidan Madrid klubini qabul qilib olganiga 4-yanvar kuni 1 yil to‘lgandi. Bu vaqt ichida jamoa o‘sishga erishdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Sports.ru” xabariga ko‘ra, “Real” ispan klublarining eng uzoq davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyasi bo‘yicha rekordni takrorladi. Mana 39 ta o‘yindirki, Zidan shogirdlarini hech kim mag‘lub eta olmaydi.

    Ma’lumot uchun, 2015-yilgi mavsumda “Barselona” ketma-ket 39 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmay, Ispaniya rekordini o‘rnatgandi. Takrorlangan rekordni yangilash uchun “Real”ga yana 1 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmaslik kifoya. Navbatdagi uchrashuvni “Qirollik klubi” 15-yanvar kuni “Sevilya” maydonida o‘tkazadi.

    Karim Benzema

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Granada” darvozasiga gol urgan fransiyalik hujumchi “Real” to‘purarlari orasida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 2009-yilning yozida Madridga ko‘chib o‘tgan Benzema o‘tgan davr mobaynida “Real” sharafini 338 o‘yinda himoya qildi va 172 ta gol urdi. Shuningdek, 80 ta golli uzatma berdi.

    “Real” to‘purarlari orasida 7-o‘rin Fransisko Xentoga tegishli bo‘lib, uning hisobida 182 ta gol bor.

    Karim Benzema La ligaga tashrif buyurganidan buyon eng ko‘p aynan “Granada” darvozasini ishg‘ol qilgan — 10 bor.

    Krishtianu Ronaldu

    Foto: Sky Sports

    Foto: Sky Sports

    “Real” klubi ustozi Zinedin Zidan Krishtianu Ronalduga imkoniyat nima sababdan kam berilayotganiga izoh berdi.

    Biz Ronaldu bilan rotatsiya masalasida kelishib oldik. Matbuot uning naqadar kerakli futbolchi ekanini tushunishi kerak. Men Ronaldu butun mavsum davomida yaxshi formada bo‘lishini istayman.

    70 kun ichida 20 ta o‘yin o‘tkazish bu dahshat. Unga dam kerak va buni uning o‘zi ham tushundi, oramizda hech qanday muammo yo‘q.

    Zinedin Zidan, “Real Madrid” bosh murabbiyi

    “Barselona”

    2017-yil “Barselona” uchun tahlikali boshlandi. Avvaliga Ispaniya kubogida “Atletik”dan mag‘lubiyat, keyin esa La ligada “Vilyarreal” Kataloniya klubidan ochko tortib oldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Bruno Soriano jarima maydonchasida to‘pni ikki bor qo‘li bilan o‘ynadi. Men Maskeranoning qo‘liga to‘p tekkanini ham ko‘rdim, biroq bu qasddan emasdi. O‘zingiz ko‘rib turibsiz, hakamlar har o‘yindan keyin o‘zi uchun gap tilab olmoqda.

    Umumiy planda biz “Vilyarreal”dan yaxshiroq o‘ynadik. Chempionat hali boy berilmadi. Nimanidir o‘zgartirish evaziga vaziyatni o‘nglab, bosh sovrinni yutib olishimizga ishonaman.

    Herard Pike, “Barselona” himoyachisi

    Pike “Atletik”ka qarshi o‘yindagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin ham hakamlarni ayblagandi. Vaholanki o‘sha uchrashuvda referi “Atletik”ning ikki futbolchisini maydondan chetlatgandi.
    Men uchrashuvni televizor orqali tomosha qildim. Bruno Soriano to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani takroriy lavhalar orqali yaqqol ko‘rindi. Hakamlarga videotakrorlar orqali yordam berish kerak.

    “Vilyarreal”ga bo‘lgan hurmatni saqlagan holda aytaman: biz zafar quchishga haqliroq edik. Messi, Neymar va Suares ta’tilga chiqmagandek o‘ynadi. Biroq g‘alaba goli urilmagani uchun ularni ayblab bo‘lmaydi.

    Hordi Mestre, “Barselona” vitse-prezidenti

    Foto: BeSoccer

    Foto: BeSoccer

    “Valensiya”

    Chezare Prandellini saqlab qola olmagan “Valensiya” La ligada jon saqlab qolish uchun bor g‘ayratini ishga solmoqda. Yaqindagina jamoa “Qozog‘iston”ning “Astana” klubida to‘p surayotgan Nemanya Maksimovich bilan 2021-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

    Foto: Sports.ru

    Foto: Sports.ru

    Serbiyalik 21 yoshli futbolchining “Astana” bilan shartnomasi 2017-yilning yoziga qadar mo‘ljallangandi. Shu boisdan “Valensiya” qozog‘istonliklar hisob raqamiga 300 ming yevro o‘tkazib beradi.

    “Vilyarreal”

    “Barselona”dan ochko tortib olishga muvaffaq bo‘lgan jamoa uy stadioni nomini o‘zgartirishga qaror qildi. Bunga qadar “El Madrigal” nomi bilan tanilgan o‘yingoh, endilikda “Estadio de la Seramika” deb yuritiladi.

    Foto: Twitter / @LaLiga

    Foto: Twitter / @LaLiga

    Bundan buyon stadion keramogranitdan ishlangan qoplagich yordamida “Vilyarreal”ning asosiy libosi bo‘lgan sariq tusga kirib turadi. Yana bir necha kundan keyin klub muzeyi ishga tushadi. Stadion to‘liq rekonstruksiyadan chiqishi uchun esa yana 3—4 yil vaqt kerak bo‘ladi.

    Foto: Twitter / @LaLiga

    Foto: Twitter / @LaLiga

    Klub stadionni ta’mirlash ishlariga qarashayotgan barcha — 7 kompniya nomini kirish qismiga yozib qo‘ydi.

    Foto: Twitter / @LaLiga

    Foto: Twitter / @LaLiga

    Antuan Grizmann

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Eybar”ga qarshi bellashuvning 72-daqiqasida gol urgan fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann La liga doirasida 843 daqiqadan buyon davom etib kelayotgan golsiz seriyasiga yakun yasadi.

    Grizmann kubok bellashuvlarida gol urayotgani bilan, La ligada so‘nggi bor 2-oktabr kuni “Valensiya” darvozasiga yo‘l topgan bo‘lib, keyingi 9 ta bellashuvda maydonni golsiz tark etgandi.

    Sami Nasri

    Fransiya terma jamoasiga chaqirilmaydigan, “Manchester Siti”da qadr topgan Samir Nasri o‘zini “Sevilya” safida baxtli his qilayotgandi. Ayni vaqtda esa unga 4 yillik diskvalifikatsiya tahdid solmoqda.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Nasri Los-Anjelesga tashrif buyurib, ichini yuvdirgan. Bu esa WADA tomonidan doping tekshiruvidan “omon chiqish uchun” deb qaraldi. Sportchilar bunday amaliyotni o‘zida qo‘llash uchun birinchi navbatda maxsus ruxsatnoma olishi kerak edi. Nasri esa bunday qilmagan.

    Reglamentga ko‘ra, bunday holatda sportchi 4 yilga sportdan chetlatiladi. Agar Nasri bu jarayon aslida nima uchun ekanini ishonarli dalillar bilan isbotlay olsa, uning chetlatilish muddati biroz kamaytirilishi mumkin.

    09.01.2017, 11:20   Izoh (0)   22649
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Suv xokkeyi: AQShda ochiq osmon ostidagi xokkey o‘yini vaqtida jala quydi

    09.01.2017, 00:13

    Odil Ahmedov bilan 2001-yildan beri bir xilda suratga tushadigan Yoqub Ahmedov ukasiga “qayerda o‘ynasa ham, sog‘-salomat yurishni” tiladi

    02.01.2017, 18:49

    Odil Ahmedovni sotgan klublar hech qachon zarar ko‘rmagan. Futbolchining barcha transferlari — bitta suratda

    30.12.2016, 19:09

    Samvel Babayan O‘zbekiston milliy termasi sardori Odil Ahmedovning Xitoy klubiga o‘tganini rad etdi

    29.12.2016, 18:56

    Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekistonda yil sportchisi deb topildi va 10 ming dollar bilan taqdirlandi

    28.12.2016, 21:29

    Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Managuadagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kaltaklandi

    25.12.2016, 16:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

     

    Tavsiya etamiz

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda derazalar o‘rniga ko‘zlari bo‘lgan mehmonxona foydalanishga topshirildi

    Layfstayl | 10 iyul, 09:53

    Luis Enrike: “Telefonim ‘Barselona’ muxlislarining xabarlari bilan to‘lib ketgan”

    Sport | 10 iyul, 09:45

    Tramp Braziliya tovarlariga 50 foiz boj solish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 10 iyul, 08:50

    Kanada va Meksika aholisining yarmidan ko‘pi AQSHni asosiy tahdid deb hisoblamoqda

    Dunyo | 10 iyul, 08:30

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “PSJ” “Real”ni tor-mor etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi (video)

    Sport | 10 iyul, 08:01

    “Joriy yil oxirigacha issiq suv va issiqlik taʼminoti to‘lovlari bir martadan ortiq oshirilmaydi” — Ilhom To‘rayev

    O‘zbekiston | 10 iyul, 08:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.