BoxRec talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi professional bokschisi Qudratillo Abduqahhorov hamda ushbu reytingda 3-o‘rinni egallab turgan Azizbek Abdug‘ofurov 7-yanvar, shanba kuni Malayziyaning Joxor shahrida bo‘lib o‘tadigan Johor International Boxing Championship 2017 (JIBC) boks kechasi doirasida ringga ko‘tarildi.
“Sports.uz” nashrining ma’lum qilishicha, Azizbek Abdug‘ofurov (4−0−0, 4 KO) professional ringdagi to‘rtinchi jangida tajribali indoneziyalik Aleksander Bajaviga (41−3−4, 14 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. WBC versiyasi bo‘yicha Osiyo chempioni sanalgan O‘zbekiston vakili sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning ikkinchi raundida kuchli zarba bilan raqibini nokautga uchratdi.
BoxRec talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi professional bokschisi Qudratillo Abduqahhorov to‘qqizinchi jangini filippinlik Romeo Jakosalemga qarshi o‘tkazdi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan bellashuvda o‘zbekistonlik 23 yoshli bokschi beshinchi raundda raqibini nokautga uchratdi.
Ma’lumot uchun, BoxRec professional bokschilarning natijasini yangilab boradigan Britaniyaning nufuzli resurs hisoblanadi. Aksariyat promouter, menejer va bokschilar ushbu reytingga asoslanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)