Neft bahosi AQShda yoqilg‘i zaxirasi kamaygani va OPEK davlatlari qazib olish hajmini pasaytirgani haqidagi ma’lumotlar tufayli asta-sekin ko‘tarilib bormoqda. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
Londonning ICE Futures birjasida martda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft qiymati 5-yanvar, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da 0,69 dollarga qimmatlab (1,22 %), bir barreli uchun 57,15 dollarni tashkil etdi.
Fevralda yetkaziladigan WTI turidagi neft bahosi Nyu-York tovar birjasida 0,66 dollarga oshib (1,24 %), bir barreli uchun 53,92 dollarga yetdi.
Ma’lumot uchun, Amerika neft instituti 4-yanvar, chorshanba kuni AQSh neft zaxiralari o‘tgan haftada 7,43 million barrelga kamayganini bildirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)