AQSh o‘zini KXDR tomonidan bo‘ladigan raketa hujumidan himoya qilish uchun vositalarga ega. Bu haqda jurnalistlar uchun brifingda AQSh mudofaa vazirligi matbuot kotibi Piter Kuk ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bizda mintaqa uchun raketaga qarshi mudofaa vositasi — ‘soyabon’ bor, u Qo‘shma Shtatlarni himoya qilish imkonini berishiga ishonamiz”, — dedi Kuk. U AQSh Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga mudofaa vositalarini joylashtirib, u yerdagi ittifoqdoshlari bilan birga ishlashda davom etishini ta’kidladi.
KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘zining Yangi yil murojaatida mamlakatda yaratilayotgan qit’alararo ballistik raketa “ishlab chiqishning so‘nggi bosqichida turgani” va “agar AQSh tajovuzkor siyosatini bas qilmasa, KXDR o‘z harbiy saohiyatini mustahkamlashi”ni e’lon qilgan edi. O‘z nutqida Kim Chen In KXDRni “Sharqning yadroviy davlati” deb atadi.
Izoh (0)