Mercedes-Benz kompaniyasi yangilangan GLA krossoverining ilk suratini namoyish etdi. “Motor” nashrining yozishicha, avtomobil 9-yanvar kuni Detroyt avtosaloni doirasida debyut qiladi.
Restaylingdan so‘ng yo‘ltanlamasning radiator panjarasi, chiroqlari va old bamperi o‘zgaradi. Avtomobildagi boshqa o‘zgarishlar (interyer, motorlar gammasi) haqida hozircha axborot yo‘q.
2016-yil yozida Mercedes-Benz yangi modellarni ishlab chiqish rejalari ko‘rsatilgan hujjatni e’lon qilgan. Unda Mercedes 2017-yil davomida yangilangan S-klass sedani, E-klass kabrioleti, shuningdek, GLA’ning kupesimon versiyasini chiqarishi bildirilgan edi.
Keyinroq Mercedes-Benz boshqa hujjatni e’lon qildi — unda GLA Coupe’ning o‘rniga yangilangan GLA ko‘rsatilgan edi. O‘shandayoq nemis avtokonsernining kupesimon krossoveri 2019-yilda debyut qilishi haqida axborot berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)